Irlandiya poytaxti Dublinda oqqush xo‘jayinining ko‘z o‘ngida itni o‘ldirdi. Bu haqda “RIA Novosti”  xabar bermoqda.

Foto: Pixabay

Hodisa erkak koker-spaniyeli bilan sayr qilib yurgan Terenyura parkida sodir bo‘ldi. It hovuzda cho‘milishga uringan chog‘da to‘satdan unga oqqush hujum qildi. Qush itni bir necha soniya qanotlari bilan urdi.

Guvohlar qushni baqir-chaqir bilan alahsitishga harakat qildi, koker-spaniyel egasi esa hatto suvga telefonni ham otdi. Biroq atrofdagilar itni qutqarishga muvaffaq bo‘lmadi.

Ornitologlarga ko‘ra, ko‘lning it suvga tushgan joyi atrofida oqqush polaponlari ulg‘ayayotgan in bo‘lgan. Bunday paytlarda qush boshqa jonivorlar, hatto odamlarga ham tashlanishi mumkin.