O‘zbek sportining afsonalaridan biri, Xizmat ko‘rsatgan sport ustasi, basketbolchi Ravilya Salimova 3-iyul, chorshanba kuni 77 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Ravilya Salimova 1941-yil 8-avgust kuni Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida tavallud topgan. Sportchi basketbol bo‘yicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida 2 karra karra Jahon chempioni, 4 karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, ikki marta Butunjahon universiada o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan.
Klubdagi faoliyati davomida faqat Toshkentning “Mehnat” va SKIF jamoalari sharafini himoya qildi. Professional sportdagi faoliyatini yakunlagach Ravilya Salimova ko‘plab o‘zbek yoshlariga murabbiylik qilib keldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)