Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Chernogoriyaning 1990—1998-yillardagi prezidenti va Yugoslaviya ittifoqdosh respublikasining 1998—2000-yillardagi bosh vaziri Momir Bulatovich 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: RT

Foto: RT

Bulatovich 1956-yilda Belgradda tug‘ilgan, talabalik yillaridan siyosat bilan shug‘ullanishni boshlagandi.

U Chernogoriyadagi prezidentlik saylovida mag‘lubiyatga uchragach, Yugoslaviya ittifoqdosh respublikasi prezidenti Slabodan Miloshevich taklifiga binoan mamlakat hukumatini boshqargan va shu lavozimda NATO bombardimonlari oldidan harbiy holat joriy etilgani haqida fuqarolarga ma’lum qilgandi.

Bulatovich davlat lavozimlaridan ketganidan so‘ng ilmiy faoliyat bilan shug‘ullangan va bir necha kitoblar e’lon qilgan. Ulardan eng mashhuri Chernogoriya mafiyasi va korrupsiya haqida hikoya qiluvchi “Sukut qoidalari” kitobi edi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya harbiylari Janubiy Koreya va AQSH mashg‘ulotlariga javoban o‘t ochgan
Mahalliy
“Aeroflot” Toshkent va Samarqandga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Sport
JCH—2022 da chorak finalning uchta juftligi ma’lum bo‘ldi