Florida shtatining Palm-Bich okrugida dam olayotgan Alber Passavanti koptokning orqasidan basseynga tushib ketgan 1,5 yoshli o‘g‘liga favqulodda yordam ko‘rsatib, uni bir o‘limdan saqlab qoldi, deb xabar beradi Forum Daily.
Passavanti suzishni bilmaydigan o‘g‘li suvga tushib ketganini ko‘rganida balandligi 4 fut (120 santimetr) keladigan to‘siqdan sakrab o‘tib, o‘zini to‘g‘ri suvga otgan. Tezkor harakat va o‘z vaqtida ishlagan refleks bolaning omon qolishiga yordam bergan.
https://www.facebook.com/albert.passavanti/videos/10216911043042358/
Qahramon ota o‘zining basseynga sakragani tasvirlangan videoni Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan va “bolalar uchun qo‘yilgan to‘siq, faqatgina yopiq bo‘lganida ishlaydi” deya izoh qoldirgan.
Amerika pediatriya akademiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida suvga cho‘kib ketish keng tarqalgan o‘lim turi hisoblanadi. 2017-yilda AQShda salkam ming nafar bola suvga cho‘kib ketgan.
Izoh (0)