O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Fan va oliy ta’lim sohasi xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi xodimlarning maoshi oshadi.
2019-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturlarini va innovatsiya ishlarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbar va ilmiy xodimlari, ilmiy faoliyatni konstruktor-texnologik ta’minlash, ilmiy laboratoriya uskunalariga xizmat ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining muhandis-texnik xodimlari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilar tarkibining ish haqi miqdori 25 foizga oshadi.
2019-yil 1-yanvardan esa yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarning oylik maoshi 20 foizga oshgan edi.
Izoh (0)