“Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis iste’foga chiqarildi, deb xabar beradi “Championat.asia”.

Foto: “Championat.asia”

“Buxoro”ga qarshi o‘yin oldidan klub mutasaddilari yig‘ilish o‘tkazgan va unda Kanchelskis ishdan bo‘shatilgan.

Qayd etish joiz, mazkur mutaxassis 2018-yil 7-oktabrda Ilhom Mo‘minjonov o‘rniga “Navbahor” bosh murabbiyiga aylangandi.

“Navbahor” ayni damda O‘zbekiston Superligasida 11 turdan so‘ng 8-o‘rinni band etib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!