Gruziyaning Georgian Airways aviakompaniyasi odatiy tartibda Rossiya shaharlariga parvoz qilmoqda, deb xabar berdi “Kommersant”.

Foto: “TASS”

Gruziyaning yana bir aviakompaniyasi — MyWay Airlines ham chiptalar sotuvini cheklagani yo‘q.

“Yangi taqiq Rossiya aviakompaniyalariga hamda Rossiyadan Gruziyaga parvozlarga tegishli. Shuning uchun biz odatiy jadval bo‘yicha uchishni davom ettirmoqdamiz. Chiptalarni cheklanmagan miqdorda sotib olish mumkin. Agar qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, bu haqda ma’lum qilamiz”, — deydi Georgian Airways aviakompaniyasi vakili.

Avvalroq, Vladimir Putin Rossiya aviakompaniyalariga joriy yil 8-iyulidan Gruziyaga yo‘lovchi qatnovini vaqtincha man etuvchi farmonni imzolagan edi. Farmon “milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida” qabul qilingan. Taqiq qancha davom etishi noma’lum