Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Istanbuldagi pochta idorasida Gruziya va Rossiya fuqarolari o‘rtasida sodir bo‘lgan otishmada o‘g‘ri bo‘lib chiqqan gruziyalik erkak halok bo‘ldi, deb xabar berdi Forum Daily.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Ma’lum bo‘lishicha, voqea pochtadagi bosqinchilik harakatida sodir bo‘lgan. Gruziya TIV rasmiy vakili Vladimir Konstantinidining ma’lum qilishicha, pochta jo‘natmalari ofisiga uch nafar qurollangan shaxslar bostirib kirib, odamlarga yerga yotishni buyurgan.

“Ko‘zlangan maqsad bosqinchilik bo‘lishi mumkin, biroq kriminal guruhlarning o‘zaro talashishi ham ehtimoldan holi emas”, — deb qayd etgan Gruziya TIV vakili.

Otishmada hujumchilardan bo‘lgan ikki kishi, shuningdek pochtada bo‘lgan ikki nafar Rossiya fuqarolari yaralangan. Konstantinidining aytishicha, ular, bosqinchilarga qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Keyinchalik ikki emas, bir nafar rossiyalik yaralangani aytilgan. U pichoqdan yaralangan bo‘lib, hozirda uning hayoti xavf ostida emas.

Gruziya TIV vakili halok bo‘lgan 56 yoshli gruziyalik kishi hujumchilar qatorida bo‘lganini tasqidlagan. Shuningdek, Turkiya politsiyasi qolgan ikki nafar borsqinchilar qidiruvga berilganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Namanganda ijtimoiy tarmoqlarda so‘kingan audiosi tarqalgan tuman hokimiga hayfsan berildi
Mahalliy
Turkiyaning TRT kanali Luvr muzeyidan Katta Langar Qur’oni namoyishiga oid reportaj tayyorladi (video)
Mahalliy
Kovidning yangi varianti bolalar va homiladorlarda qanday kechmoqda?