Yaponiyada sodir bo‘lgan zilziladan jabrlanganlar soni 26 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”. Avvalroq 21 kishi jabrlangani ma’lum qilingan.
6,7 magnitudali zilzila 18-iyun kuni Yapon dengizining Yamagata perfekurasi yaqinida qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i taxminan 14 kilometr chuqurlikda bo‘lgan. Asosiy silkinishdan tashqari sohilbo‘yi aholisi 18 ta aftershokni sezgan.
Jabrlanganlarning aksariyatini yer qimirlashi oqibatida yiqilib jarohat olgan keksalar tashkil etgan.
Izoh (0)