Paragvay terma jamoasi hujumchisi Oskar Kardoso Kopa Amerika—2019 musobaqasining ilk turida Qatar termasi darvozasiga penaltidan gol urdi (2:2).
Natijada u mazkur musobaqa doirasida Paragvay safida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Kardoso gol urgan vaqtda 36 yosh 27 kunlik edi. Bunga qadar Delfin Kaseres 1946-yil 35 yosh 124 kunligida gol urgandi.
Ma’lumot uchun, Paragvay navbatdagi turda Argentinaga qarshi maydonga tushsa, Qatar termasi Kolumbiya bilan bahsga kirishadi. Ikkala uchrashuv ham 20-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)