Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston teatrlarining respublika ko‘rik-festivali g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘ldi.

Foto: O‘zА

Besh kun davom etgan tadbir Orolbo‘yida haqiqiy madaniyat bayramiga aylandi. Festival doirasida Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Shumanay, Chimboy, Amudaryo, Ellikqa’la tumanlarida respublika teatrlarining spektakllari va ijodiy uchrashuvlari tashkil etildi. Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida dramaturglarning seminari, Yoshlar markazida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali talaba yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: O‘zА

Ko‘rik-festival yakunida birinchi o‘rin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrining “Saxovat bog‘i” spektakliga berildi. Ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston davlat drama teatrining “Yer baribir aylanaveradi” spektakli, uchinchi o‘rinni O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatrining “Tanho qayiq” va Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrining “Insonlikka nomzod” spektakllari egalladi.

Foto: O‘zА

Shuningdek, qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.