Hukumat qarori bilan (501-son, 15.06.2019-y.) Jizzax viloyati Forish tumanida 2019—2020-yillarda qiymati 400 million AQSh dollari bo‘lgan, yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi qurilishi belgilandi (investitsiya loyihasi), bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qiladi.
Loyihani amalga oshirish maqsadida ta’sischilari Phoenix Consulting GmbH (GFR) va Medianet in H.M.Hermsen (GFR) bo‘lgan UTD-Holding MChJ tomonidan MChJ shaklidagi UTD Cement korxonasi tashkil etildi.
Qaror bilan mazkur loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlari ham tasdiqlandi.
Izoh (0)