Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov BAAda uni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda “Sports.ru” yozmoqda.
“UFC 242 katta shov-shuvga aylanadi. BAAga borganimda u yerda aralash jang san’atini juda ham yaxshi ko‘rishlariga amin bo‘ldim. Ko‘chada xotirjam yura olmaysiz.Eslatib o‘tamiz, Habib va Dastin Porye o‘rtasidagi kechadigan jang 7-sentabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.U yerda meni Dog‘istondagi kabi qo‘llab-quvvatlashadi. Ular men uchun qayg‘urishadi — buni his qilmoqdaman.
Mazkur musobaqaning BAAda o‘tishiga hayratlanmayapman. UFC ushbu mintaqaga murojaat qilib to‘g‘ri qildi. Abu-Dabida bajonidil jang qilaman”, — dedi Nurmagomedov.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)