“Manchester Yunayted” “Real” yarim himoyachisi Garet Beyl bilan shartnoma imzolash fikridan qaytdi, deya xabar berdi Evening Standard.
Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar”ning 29 yoshli uelslikka bo‘lgan qiziqishi so‘ndi. Yozgi transferlar vaqtida “mankunian”lar bor e’tiborini angliyalik yosh o‘yinchilar bilan shartnoma tuzishga qaratishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Beyl yakuniga yetgan mavsum “Real” safida 42 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta golga mualliflik qildi hamda 6 ta golli uzatma berdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining “Qirollik klubi” bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi. Uning transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.
Avvalroq Beylning o‘zi ham “Santyago Bernabeu”da kam amaliyotga ega bo‘lsa ham klubni tark etmasligi haqida ma’lum qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)