Bugun, 13-iyun kuni o‘zbekistonlik taniqli fotograf Timur Karpov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xorijga chiqish pasportini olishda muammolarga duch kelayotgani haqida xabar qilgan edi. Ushbu masala yuzasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi chora ko‘rdi. Bu Agentlik rahbari Komil Allamjonov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Biz Timur bilan uchrashib, ushbu masalani atroflicha o‘rgandik va tegishli davlat organlari bilan uni hal etish choralarini ko‘rdik. Timur ertagayoq Yashnabod tumani xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga borib, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirgandan so‘ng, unga belgilangan tartib va muddatda chet elga chiqish pasporti beriladi”, — deya yozadi u.
Shu o‘rinda u barcha jurnalistlar, blogerlar, ijodkorlar Agentlikning ishonchli himoyasida ekanini yana bir karra ta’kidlagan.