“Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann “Barselona” o‘yinchisiga aylanishga yaqin turibdi. Bu haqda Madrid klubi ijrochi direktori Migel Anhel Hil Marin xabar berdi.

Foto: Google Images

“Biz Grizmanning “Barselona”ga o‘tishini mart oyidayoq bilgandik”, — deydi funksioner.

Eslatib o‘tamiz, fransuzning “Kamp Nou”ga kelishi Kataloniya klubi o‘yinchilaridning noroziliklariga sabab bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Antuan Grizmann 2018/19-yilgi mavsum “matraschilar” safida La Ligada 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 10 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!