11-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Foto: Wikipedia

Qarshida institutning 3-bosqich talabasi o‘z joniga qasd qildi.

2-iyun kuni o‘z joniga qasd qilgan talaba institutning texnologiya fakulteti 3-bosqich talabasi A.Yo. bo‘lgan.

Dilfuza Rajabova talabasining o‘limi ortidan shov-shuv yasab, o‘quvchisini ko‘paytirishga harakat qilayotgan xorij OAVsining faoliyatini qoralab, nomardlikda ayblamoqda.

***

Xorazmda uchta ulkan laqqa baliqni tutishdi.

Videoda bir guruh erkaklar katta-katta uchta baliqni tutib, loyqalanib yotgan suvdan olib chiqayotganini ko‘rish mumkin.

***

Xitoylikka erga tegib, tazyiqqa uchragan yana bir qiz O‘zbekistonga qaytarildi.

Qiz Xitoy fuqarosiga turmushga chiqqan bo‘lib, xitoylik erining zo‘ravonligi va tazyiqlaridan shikoyat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i uni xonaga qamab, kaltaklagan va homilador bo‘lishi uchun tabletka, inyeksiya ko‘rinishidagi noma’lum dorilarni iste’mol qilishga majburlagan.

***

OAV: Kim Chen Inning akasi MRBga ishlagan.

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 2017-yilda o‘ldirilgan akasi Markaziy razvedka boshqarmasiga ma’lumotlarni yetkazib turgan.

***

“Yuksalish” umummilliy harakati Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiska qilish tartibini turar joyi bo‘yicha hisobga olish tizimi bilan almashtirish taklif qildi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlar hamda OAVlarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yish tartibi faol muhokama qilinib, keng jamoatchilikning turli fikr-mulohazalariga sabab bo‘lmoqda.