3—7-iyun kunlari E-ijro auksion elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 13 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 33 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 25 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lumotiga tayanib Spot xabar berdi.
Davlat mulki obyektlari:
Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 13 ta davlat mulki obyekti 5 milliard 850 million so‘m investitsiya kiritish, 170 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 788 million so‘mga sotildi. Bundan tashqari Surxondaryo viloyatidan 1 ta obyekt sotuvga chiqarildi.
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq:Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 33 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 12 milliard 271 million investitsiya kiritish va 130 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 745,36 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 65 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha:Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 25 ta obyekt 2 milliard 950,3 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 22 ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.
Daryo o‘zanlari tozalash huquqi:Daryo o‘zanlarini tozalashga bo‘lgan huquq realizatsiyasi bo‘yicha ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Jumladan, hafta davomida jami 6 ta boshlang‘ich narxi 2 milliard 226,8 million so‘mdan bo‘lgan obyektlar 2 milliard 450,1 million so‘mga sotildi. Hafta davomida 5 ta boshlang‘ich narxi 2 milliard 29 million so‘mlik daryo o‘zanlarini tozalash uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan.
Metall qazib olish huquqi:Hafta davomida jami 10 ta boshlang‘ich narxi 75 million so‘mlik oltin qazib olish bo‘yicha uchastkalar 96,4 million so‘mga sotildi. Shuningdek, savdo maydonchasida hozirgi kunda 11 ta boshlang‘ich narxi 82,5 million so‘mlik qimmatbaho metallarni qazib olish huquqi elektron onlayn-auksion savdolarida realizatsiya qilish uchun joylashtirilgan.
Izoh (0)