Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2019-yilning 8-iyun kuni Penza viloyati hududidan o‘tuvchi M5 “Ural” federal trassasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida uchta avtomobil to‘qnashib ketdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, olti kishi, jumladan, 1980-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Oliozaxon Omirzanova jarohat olgan.

O.Omirzanova dastlab Nijniy Lomov tuman kasalxonasiga yotqizilgan, keyin Penza viloyat klinik shifoxonasiga o‘tkazilgan. Bemorning holati vrachlar tomonidan “stabil og‘ir” deb baholanmoqda.

Bosh konsulxona o‘zbekistonlik ayolga yordam berish choralarini ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq shu trassada yuz bergan YTHda 8 nafar o‘zbekistonlik jarohat olgan, ulardan biri keyinchalik vafot etgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi