• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa

    Toshkentlik Milana Pak “Detskaya Novaya volna-2019” tanlovi, Oksana Chusovitinaning sovg‘asi va Oleg Gazmanovning maqtovi haqida

    “Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida toshkentlik Milana Pak uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. U uyga qaytib ketdi: oldinda yana bir hafta o‘qish va xayrlashuv oqshomida chiqish kutmoqda, deb yozadi Sputnik.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    “O‘qituvchilar mendan maktabda o‘qish tugashi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanada qo‘shiq kuylashimni so‘rashdi. Men Human qo‘shig‘ini aytaman, uni “Detskaya Novaya volna-2019” finalining birinchi kunida kuylaganman”, — dedi Milana Pak Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

    Milana sakkiz yoshida Paris Je t'aime tanlovida eng yaxshi qo‘shiqchi deb topildi. Shu vaqtdan boshlab uni mashhur, gimnastika tarixida yetti karra olimpiya ishtirokchisi, sovet va o‘zbekistonlik sportchi Oksana Chusovitina qo‘llab-quvvatlaydi. U Milanaga besh yulduz tasvirlangan bilaguzukni sovg‘a qildi. Yosh qo‘shiqchi ta’kidlashicha, bu tumor unga g‘alaba qozonishga yordam beradi.

    Oleg Gazmanov: “O‘zbekiston sen bilan faxrlanishi kerak”

    “Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida Milana Pak uning vokal-ustozi Valentina Martirosyan tomonidan yuborilgan arizasiga binoan qatnashdi.

    “U yetti yoshimdan mening eng sevimli ustozim”, — deya tan oldi yosh artistka.

    “Biz “Detskaya Novaya volna” tanlovida o‘tgan yili ishtirok etishimiz kerak edi, biroq bora olmadik. Shu vaqtning o‘zida Sanremo Junior tanlovida qatnashish uchun ariza berganmiz, u yerda finalga chiqdik va Italiyaga borishga qaror qildik. Milana San-Remoda birinchi o‘rinni oldi”, — deydi Milananing onasi Irina Pak.

    Vokal tanlovining yarim finali Moskvada o‘tkazildi. Unga yuzlab bolalar keldi, biroq finalga faqat 10 ta davlatdan 12 kishi o‘tdi: O‘zbekiston, Abxaziya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Litva, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Malta va Rossiyadan uch nafar ishtirokchi. Ozarbayjonlik xonanda kelishidan avval kasal bo‘lib qoldi va sahnaga 11 kishi chiqdi.

    Final bosqich mashhur “Artek” bolalar lagerida o‘tkazildi. Tanlov hay’atiga Oleg Gazmanov, Lev Leshchenko, Nikolay Baskov, Yulianna Karaulova va Yuliya Savicheva kiritildi. Hay’at raisi Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Igor Krutoy bo‘ldi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Hay’at a’zolari bu yilda barcha final ishtirokchilari juda kuchli ekanligini tan olib, ilk bor g‘olibni tanlash qiyish bo‘lganini aytishdi.

    “Biz Milana bilan Yaltaga 10 kunga keldik, shu vaqtda tayyorgarlik ko‘rdik. Tanlov tashkilotchilar juda ajoyib – ular nafaqat finalchilarga, balki ularga hamroh qilgan kishilarga yo‘l va uch mahal ovqatlanishni o‘z ichiga olgan yashash xarajatlarini to‘lab berdi”, — dedi Irina Pak.

    Milana Pakga tanlovning birinchi kunidayoq e’tibor qaratishdi. Irina oldiga o‘tgan tanlov qatnashchilari va hay’at a’zolari ham keldi.

    “Menga hay’at a’zolarining barchasi yoqdi. Chunki ular yulduzlar, hammasi yaxshi qo‘shiq kuylashadi. Esimda qolgani, ikkinchi kuni, hammasi tugaganidan keyin Oleg Gazmanov menga “O‘zbekiston sen bilan faxrlanishi kerak” deb aytdi”, — deb qo‘shimcha qildi Milana.

    https://www.instagram.com/p/ByNEVbkhGB7/?utm_source=ig_embed

    “Bolalar Yevrovideniye”da ishtirok etmaydi

    Milananing ota-onasi shou-biznesga hech qanday aloqasi yo‘q. Otasi – suzish bo‘yicha sport ustasiga nomzod, onasi esa sport gimnastikasi bo‘yicha sobiq ittifoq ustasi. Shuning uchun ularning uyida Oksana Chusovitina tez-tez mehmon bo‘ladi. Irina Pak u bilan 11 yil, terma jamoa tarkibida ishtirok etgan davrdan buyon do‘st bo‘lib kelgan.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    “Har gal Milana tanlovlarda ishtirok etgan vaqtda, Oksana qo‘ng‘iroq qilib, uni qo‘llab-quvvatlaydi va juda xavotir oladi, maslahat beradi. Mana bugun ham qo‘ng‘iroq qildi, yaqin kunlarda mehmonga keladi”, — deydi Irina Pak.

    “Mening orzuim – jahon yulduzi bo‘lish. Qaysidir mashhur odam bilan qo‘shiq kuylamoqchiman. Masalan, Ariana Grande yoki Beyonse. Yana shifokorlikka o‘qiyman”, — aytadi Milana.

    “Detskaya Novaya volna-2019” tanlovida uchinchi o‘rin olish bilan Milana shu yil noyabr oyida o‘tkaziladigan “Bolalar Yevrovideniye” tanloviga borish huquqini qo‘lga kiritdi.  Yosh xonandani bu bilan tabriklashni boshlashdi, biroq u tanlovda ishtirok etmaydi.

    “Hamma Milana sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Polshada qo‘shiq kuylaydi deb o‘yladi. Biroq u mehmon sifatida taklifnomasini oldi”, — deya tushuntiradi Milananing onasi.

    O‘zbekiston “Yevrovideniye” tanlovida ishtirok etish huquqiga ega emas. Boshida mamlakat badal to‘lovini kiritishi va tanlovni efirga uzatish uchun ruxsatnoma olishi kerak —  faqat shular mamlakat vakiliga sahnaga chiqish huquqini beradi.

    “Endi Milana ko‘proq o‘qishga e’tibor berishi mumkin, chunki vokal, xoreografiya, fortepiano mashg‘ulotlari ko‘p vaqtni talab qiladi. Biz uchun ta’lim birinchi o‘rinda turadi”, — deb yakun yasadi Irina Pak.

    06.06.2019, 19:05   Izoh (0)   27996
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Forbes dunyoning eng boy xonandasini ma’lum qildi

    05.06.2019, 12:19

    Baxshichilik san’ati haqida “Yurak sadosi” nomli hujjatli film taqdim etildi

    04.06.2019, 17:06

    “Yevrovideniye” g‘olibi tanlovning asosiy qoidasini buzgani ma’lum bo‘ldi

    19.05.2019, 22:10

    “Yevrovideniye—2019”ning final bosqichi 18-may kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tadi

    18.05.2019, 12:35

    Toshkentda bugun Vladimir Spivakov boshchiligidagi orkestr konserti bo‘lib o‘tadi

    14.05.2019, 12:35

    Reper Dreyk Billboard Music mukofotining 12 nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi

    03.05.2019, 15:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:29

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    Kino | 1 iyul, 09:28

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.