“Yevrovideniye—2019” xalqaro qo‘shiq tanlovining final bosqichi 18-may kuni Tel-Avivda bo‘lib o‘tadi. “Interfaks”ning xabar berishicha, tanlovda 26 dan ortiq mamlakat g‘oliblik uchun kurashadi.
Tanlovning 14—16-may kuni o‘tkazilgan ikki yarim final natijalariga ko‘ra, Rossiya, Shimoliy Makedoniya, Niderlandiya, Albaniya, Shvetsiya, Ozarbayjon, Daniya, Norvegiya, Shveysariya, Malta, Gretsiya, Belarus, Serbiya, Kipr, Estoniya, Chexiya, Avstraliya, Islandiya, San-Marino va Sloveniya davlatlari vakillari finalga chiqdi.
Ulardan tashqari, tanlovning yanukiy bosqichida saralashda qatnashmaydigan “katta beshlik” mamlakatlari — Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va Italiya ham ishtirok etadi.
“Yevrovideniye” — Yevropa mamlakatlari orasida 1956-yildan beri har yili o‘tkaziluvchi musiqiy televizion tanlov. U dunyodagi eng mashhur tanlovlardan biri bo‘lib, uni 600 milliongacha tomoshabin kuzatadi.
Izoh (0)