Toshkentning Chilonzor tumanida yashovchi “Qoraqalpog‘iston dorivor o‘simliklar” MChJ rahbari R.D. “Tehg-rash” MChJ boshlig‘i L.S.ning pullarini konvertatsiya qilib berishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 1 milliard 80 million so‘m olgan. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Biroq u bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘zlashtirib yuborgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida R.D. qo‘lga olindi.