Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Fanlar akademiyasi Genomika va bioinformatika markazi tayanch doktoranturasida tahsil olayotgan Feruza Bobojonova, Naim Xuseinov va Jo‘rabek Norbekovga Prezident sovg‘asi — bir xonali uylar kalitini topshirdi. Bu haqda “Daryo”ga markaz matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Genomika va bioinformatika markazi

Foto: Genomika va bioinformatika markazi

Hozirda Naim Xuseinov g‘o‘zaning vilt kasalligiga chidamli nav va liniyalarni yaratish ustida tadqiqotlar olib borayotgan bo‘lsa, Feruza Bobojonova kartoshkaning gen-nokaut texnologiyasi asosida yangi istiqbolli liniyalarini olish bo‘yicha tadqiqot ustida ish olib bormoqda. Jo‘rabek Norbekov esa mahalliy bug‘doy navlarining genetik pasportini ishlab chiqmoqda. Mazkur pasport seleksioner olimlar yaratgan navlarning mualliflik huquqini himoya qiladi, olimlar tomonidan bir xil navlarni yaratishning oldi olinadi.

Genomika va bioinformatika markazining Prezidentdan sovg‘a olgan doktorantlari o‘z ilmiy ishlari, tadqiqotlari, maqola va izlanishlari uchun ko‘plab tanlovlarda g‘oliblikni kiritgan umidli yosh olimlardan. Xususan, Feruza Bobojonova 2014 va 2018-yillarda eng faol yosh olim deb topilgan.

Yosh olimlarga Prezident tomonidan sovg‘a sifatida uylarning kaliti topshirilishi ularga bo‘lgan ishonch va ilm-fan bilan shug‘ullanish arafasida turgan yoshlar uchun ibrat bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Dunyo
Litvada ham rus tilini o‘qitishdan voz kechish taklif qilindi