O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga asosan bugun, 4-iyun kuni Toshkent shahridagi 500 ta oilaga Sergeli tumani “Choshtepa” mahallasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar TEKINGA sovg‘a tariqasida ehtiyojmandlarga topshirildi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhida ma’lum qilindi.
Bular:
- 300 nafar uy-joyga muhtoj, og‘ir vaziyatga tushgan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, boquvchisini yo‘qotgan hamda yolg‘iz ayollar;
- 150 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolar;
- 50 nafar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlarining ilmiy tadqiqotchilari, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorant va tayanch doktorantlari.
Izoh (0)