Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Madridda o‘tkazilgan “Grandvoyage Tourism Awards” mukofotini taqdirlash marosimida “Eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi, deb xabar berdi “Podrobno.uz”.

Foto: Ekvatorial-Tur

Foto: Ekvatorial-Tur
Ushbu nominatsiyadan tashqari marosimda “Eng yaxshi katta sayohat”, “Asal oyi uchun eng yaxshi yo‘nalish” va “Eng yaxshi mehmonxona-kurort” kabi yana uchta yo‘nalish taqdim etilgan edi. G‘oliblar Grandvoyage.com saytida ovoz berish natijalari orqali aniqlangan.

Ushbu tanlov Ispaniyaning eng yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Grandvoyage tomonidan o‘tkazilgan.

Kompaniya prezidenti A.Arbarkaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning “Grandvoyage Tourism Awards” mukofoti bilan taqdirlanishi respublikada turizm sohasini rivojlantirish uchun olib borilayotgan ishlar, shuningdek, O‘zbekiston sayyohlik brendining mashhurligi nafaqat Ispaniyada, balki butun dunyoda ortib borishi natijasidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-dekabr kuni 156 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
Janubiy Koreya mamlakatda ishlash niyatidagi o‘zbekistonliklar uchun kvotalar sonini oshiradi
Dunyo
“Hind Chernobili” — Pxobaldagi texnogen halokat, Eron oliy rahbariga aylangan Homanaiy va Sovuq urushga yakun yasagan Yelsin—Bush. Kun xronologiyasida 3-dekabr