• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Hayit bayramlari odoblari

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi saytida hayit bayrami odoblari haqidagi maqola chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Muslim.uz”

    Foto: “Muslim.uz”

    Mana kun sayin ulug‘ bayramlardan biri Ramazon hayiti yaqinlashib kelmoqda. Hayit bayramlarida  yoshu-qari, jamiyat vakillarining barchalari shodu-xurram bo‘lishib, bir-birlariga xursandchilik izhor qiladilar. Bu ulug‘ bayramlaridan biri Ramazon ro‘zasi tugaganidan so‘ng, ikkinchisi esa hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng nishonlanadi.

    Musulmonlar hamisha orziqib kutadigan ushbu ikki hayit bayramlariga taalluqli bir qancha odoblar bo‘lib ularga amal qilish bu bayramlardagi xursandchiliklar to‘liq bo‘lishiga va eng muhimi ko‘plab ajru savoblarga ham ega bo‘lishga sabab bo‘ladi. Hayit bayramlarining odoblari deganda asosan quyidagi odoblar tushuniladi:

    Birinchi odob: yaxshi niyat qilish

    Musulmon kishi barcha ishlarida bo‘lgani singari hayit bayramlarida bajaradigan barcha ishlarini ham yaxshi niyatlar bilan ado etishi lozim.

    Ikkinchi odob:  G‘usl qilish

    Hayit bayramiga tayorgarliklardan biri namozgohga g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqish hisoblanadi.

    Uchinchi odob: Xushbo‘ylanish

    Yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqish ham bu kunning odoblaridan sanaladi.

    To‘rtinchi odob: Yaxshi kiyimlar kiyish

    Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab bo‘ladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shodu-xurramligini namoyon qilish  bo‘ladi.

    Beshinchi odob: Ramazon hayitida namozdan oldin “sadaqai fitr”ni ado etish

    “Sadaqai fitr” ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqa hisoblanadi.

    Oltinchi odob: Ramazon hayitida namozga chiqishdan oldin bir nechta xurmo yeb olish

    Ramazon hayiti bayramida namozgohga chiqish oldidan biror shirinlik tanovul qilish sunnat hisoblanadi.

    Yettinchi odob: Qurbon hayitida qurbonlik qilishdan oldin hech narsa yemaslik

    Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi o‘laroq to hayit namozini ado etilgunicha taomlanmaslik, balki so‘ygan qurbonligining go‘shtidan yeyishi sunnat hisoblanadi.

    Sakkizinchi odob: Hayit namoziga erta borish

    Hayit kuni agar kasallik, uzoqlik va qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa namozgohga piyoda yurib borish sunnat hisoblanadi.

    To‘qqizinchi odob: Masjidga piyoda yurib borish

    Hayit kuni agar kasallik, uzoqlik va qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa namozgohga piyoda yurib borish sunnat hisoblanadi. Bizning hanafiya mazhabimizda ayollarning hayit namozlariga chiqishlari makruh sanaladi.

    O‘ninchi odob: Masjidga borgunicha ovozini chiqarib tahlil va takbir aytib borish

    Hayit namozini o‘qish uchun uydan chiqilgan paytdan to namozgohga yetib borguncha “La ilaha illalloh” va “Allohu akbar” larni aytib borish ham sunnat hisoblanadi. Ushbu sunnatni ado etish Islom shiorini izhor qilish va hayit bayrami kelganidan shodlanish ifodasi, hamda ushbu kunning oldingi va keyingi kunlardan farqli kun ekanini barcha insonlarga bildirish hisoblanadi.

    O‘n birinchi odob: Hayit namozidan oldin boshqa biror nafl namoz o‘qimaslik

    Hayit namozgohiga yetib borgandan so‘ng tahiyyatul masjid yoki boshqa biror nafl namoz o‘qimasdan tahlil va takbirlar aytib zikr qilib o‘tirish sunnat hisoblanadi.

    O‘n ikkinchi odob: Bir-birlari bilan ko‘rishib, hayit bilan muborakbod etish

    Insonlarning bir-birlari bilan ko‘rishishlari va hayit bayrami bilan qutlashlari ham barchaning ko‘ngliga xursandchilik ulashadigan bu kunning odoblaridan hisoblanadi. Hayit kunida bir-birlarini tabriklash ma’nosida o‘qiladigan muayyan duo bo‘lmasa ham, “Alloh bizdan ham sizlardan ham qabul qilsin” ma’nosidagi tilaklar bildirish yaxshi sanaladi.

    O‘n uchinchi odob: Masjiddan uyiga qaytishda boshqa yo‘ldan qaytish

    Hayit kunida namozgohdan uyiga qaytishda borgan yo‘lidan boshqa yo‘ldan qaytish ham sunnat hisoblanadi.

    O‘n to‘rtinchi odob: Qavmu qarindoshlarni ziyorat qilish

    Aslida qavmu-qarindoshlarning holidan xabar olish barcha vaqtda ham musulmon kishining zimmasidagi vazifalardan hisoblanadi. Hayit kunlaridek xursandchilik kunlarida esa bu vazifa yana ta’kidlab eslatib qo‘yilgan.

    O‘n beshinchi odob: Qo‘ni-qo‘shnilarni bayram bilan tabriklash

    Hayit munosabati bilan qo‘ni-qo‘shnilarga taom ulashish va ularni ziyorat qilish ham hayit xursandchiliklarini yanada ziyoda bo‘lishiga sabab bo‘ladigan amallardan hisoblanadi.

    O‘n oltinchi odob: Yosh bolalarni xursand qilish

    Hayit bayramida yosh bolalarni xursand qilishga, bu kunning boshqa kunlardan farqli musulmonlarning bayrami ekanini anglatishga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Bunda ularga hayitlik sovg‘alar ulashish, hayvonot bog‘lariga yoki o‘yingohlarga olib borib o‘ynatib kelish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hayit bayramining shodliklaridan ehtiyojmand oilalarning farzandlarini ham bahramand qilishga urinish komil musulmonning belgilaridan hisoblanadi.

    O‘n yettinchi odob: Turli isrofgarchiliklardan tiyilish

    Hayit bayramida xursandchilik qilayotgan musulmon shariatda man qilingan ishlar bilan xursandchilik qilinmasligini aslo unutmasligi lozim.

    04.06.2019, 12:10   Izoh (0)   39716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxning Zarbdor tumanida tug‘ilgan uch egizakka Shavkat, Mirziyo va Miromon ismlari qo‘yildi

    04.06.2019, 11:35

    Surxondaryoda 26 kishiga soxta aviachipta sotgan qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    04.06.2019, 11:24

    O‘zbekistonda zilzila qayd etildi

    04.06.2019, 10:35

    Oliy Majlis palatalari yig‘ilishlarini jonli efirda namoyish qilish taklif etilmoqda

    04.06.2019, 09:44

    Portugaliyada samarqandlik 36 yashar yigit pichoqlab o‘ldirildi

    04.06.2019, 09:20

    Video: Suriya jangohlaridan qaytgan ayol bilan suhbat

    04.06.2019, 09:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.