O‘zbekiston Madridda o‘tkazilgan “Grandvoyage Tourism Awards” mukofotini taqdirlash marosimida “Eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo‘nalishi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi, deb xabar berdi “Podrobno.uz”.
Ushbu tanlov Ispaniyaning eng yirik sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan Grandvoyage tomonidan o‘tkazilgan.
Kompaniya prezidenti A.Arbarkaning ta’kidlashicha, O‘zbekistonning “Grandvoyage Tourism Awards” mukofoti bilan taqdirlanishi respublikada turizm sohasini rivojlantirish uchun olib borilayotgan ishlar, shuningdek, O‘zbekiston sayyohlik brendining mashhurligi nafaqat Ispaniyada, balki butun dunyoda ortib borishi natijasidir.
Izoh (0)