Toshkent viloyati hokimligida prezident raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida Quyi Chirchiq tumani hokimi Sobir Murodov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google Images

“Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi mahsulot respublikadagi o‘rtacha darajadan past bo‘lgani uchun Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Quyi Chirchiq tumani hokimi vazifasidan ozod etildi”, — deyiladi xabarda.

Prezident viloyatning boshqa tumanlaridagi ahvolni ham tanqid qilgan.

“Quyi Chirchiq, Bekobod, Ohangaron, Bo‘ka...

Aholi yashash sharoiti respublikaga nisbatan 3 baravar kam. Viloyatda 121 ming kishi ishsiz, 117 ming kishi xorijda - ishlagani ketgan, 137 ming yosh iqtisodiy og‘ir ahvolda.

117 ming kishi - xorijda. Shular bizdan rozimi? Onasi har kuni bolasini duo qilmagani uchun bizdan rozimi?

Nuroniylar gapirmaydi. ‘Bag‘rikengmiz, bag‘rikengmiz...’ gapiringlar. Achchiq-achchiq qilib gapiringlar...”, — degan prezident.