Avtobus bekatlari oldidan deyarli hamma har kuni o‘tadi. Uning dizayni, mozaykalari, shakli turli mamlakatda turlicha. Design Curial dunyodagi eng zo‘r dizaynga ega avtobus bekatlarining suratlarini yig‘di.
Priston avtobus bekati
Joylashgan joyi: Priston, Buyuk BritaniyaKeit Ingham va Charlz Uilson tomonidan dizaynlashtirilgan, Erap tomonidan qurilgan.
Foto: Roger Park Bino o‘zida muhtasham eksteryer dizaynni, avtoturargohni mujassam qilgan. G‘arbiy Yevropadagi eng katta avtobus bekatlaridan biri. Unga 1 100 ta avtomobil va 80 ta ikki qavatli avtobus sig‘adi.
Foto: Roger Park 2. Norvich avtobus bekati

Foto: Pierre Terre
Joylashgan joyi: Norvich, Norfolk, Buyuk Britaniya
Maykl Spayser tomonidan dizaynlashtirilgan. Uning bargsimon shakli katta hududni pana qilib turadi. Bino 2005-yilda foydalanishga topshirilgan.
3. Arriva Headquarters Guimarães avtobus bekati
Dizayn: RVDM ArquitectosJoylashgan joyi: Portugaliya
Bekatga 96 ta avtobus sig‘adi. Bundan tashqari yana bemalol harakatlanishi uchun ancha joy ham ortib qoladi.
4. Spaarne Hospital avtobus bekati
Rotterdam usulida qurilgan ushbu me’morlik namunasi ko‘pchilikni lol qoldirgan. Kitning og‘iz shaklida qurilgan. Rangi esa olovrang.
5. Stoke-on-Trent shahar markazi avtobus bekati
Joylashgan joyi: Stoke-on-Trent, Staffordshir, Buyuk Britaniya
2010-yilda bo‘lib o‘tgan tanlovda Grimshou arxitektorlari g‘olib bo‘lgan va shahar markazida quriladigan avtobus bekatini dizaynini yaratish huquqini olgan.
6. Brenden avtobus bekati
Joylashgan joyi: Krumbax, Vorarlberg, Avstriya
Brenden avtobus bekati Serpentayn pavilyonining dizayneri Sou Fujimoto tomonidan 2013-yil dizaynlashtirgan.7. Slou avtobus bekati
Joylashgan joyi: Slou, Buyuk Britaniya
8. Poppenbüttel avtobus bekati
Joylashgan joyi: Gamburg, Germaniya
2009-yilda Yil binosi mukofotini qo‘lga kiritgan.
U o‘zida 8 ta avtobus ko‘rfazini jamlagan.
9. Gagra avtobus bekati
Joylashgan joyi: Abxaziya, Gruziya
Ushbu bekat kanadalik fotograf Kristofer Hervig tomonidan Sobiq Ittifoqdagi 12 yillik sayohati davomida suratga olingan.10. Shimoliy Unterkrumbax avtobus bekati
Joylashgan joyi: Krumbax, Vorarlberg, Avstriya
Ushbu avtobus bekati Anton Garsia-Abril va Debora Mesa tomonidan Madrid ansambllari uslubida dizaynlashtirilgan.
Izoh (0)