“Liverpul” Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Tottenhem”ni mag‘lub etib, o‘z tarixida 6-marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (2:0).
Bu “mersisaydliklar” bosh murabbiyi Yurgen Kloppning Yevrokuboklardagi ilk g‘alabasi hisoblanadi.
Avvalroq 51 yoshli mutaxassis mazkur musobaqaning finalida ikki bor mag‘lubiyatga uchragandi — 2013-yilda uning jamoasi “Borussiya Dortmund” “Bavariya”ga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa (1:2), bir yil avval “Liverpul” “Real”ga yutqazib qo‘ygandi (1:3). 2015/16-yilgi mavsumda esa “qizillar” Yevropa Ligasining finalida “Sevilya”ga mag‘lub bo‘lgandi (1:3).
Ma’lumot uchun, Klopp faoliyati davomida 6 ta sovringa ega chiqqan: ikki martadan Germaniya chempionati va mamlakat Superkubogi hamda bittadan Germaniya Kubogi va Yevropa Chempionlar Ligasi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)