“Liverpul”ning Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Tottenhem” ustidan qozongan g‘alabasi tufayli “Roma” 5 million yevro ishlab oldi (2:0).
Ta’kidlanishicha, “Roma” sobiq o‘yinchilari, hozirda “Liverpul”da to‘p surayotgan hujumchi Muhammad Saloh hamda darvozabon Alisson Bekker transferlari uchun bonus sifatida 5 million yevroga ega bo‘ldi.
2017-yilning yozida misrlik futbolchi “Enfild”ga “Roma”dan 42 million yevro evaziga ko‘chib o‘tdi, bir yil o‘tib esa “qizillar” braziliyalik darvozabonni rimliklardan 62,5 millionga sotib olishga erishdi.
Ikkala futbolchi bilan ham tuzilgan shartnoma bandida qo‘shimcha bonuslar ko‘rsatilgan. Jumladan, “Liverpul” “Liverpul” Yevropa Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan taqdirda Italiya klubi qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘lardi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)