Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va tarmoqning investitsiyaviy hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Hujjat bilan quyidagilar elektrotexnika sanoatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • ichki bozor ehtiyojlarini hisobga olgan holda import o‘rnini bosuvchi, energiya tejamkor, arzon va sifatli elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish;
  • mavjud xom ashyoni chuqur qayta ishlash jarayonlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va diversifikatsiyalash;
  • elektrotexnika sanoati tarmog‘i va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va shu orqali elektrotexnika sanoatida ishlatiladigan butlovchi qismlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish;
  • elektrotexnika sanoati tarmog‘iga sifat menejmentining zamonaviy usullarini va xalqaro standartlarni joriy etish, mahalliy ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish tizimini yaratish;
  • elektrotexnika sanoatida yangi turdagi istiqbolli mahsulotlar ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni va innovatsion g‘oyalarni joriy etish.
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi tuzildi va unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatildi:

 

  • elektrotexnika sanoatida mis va boshqa xom ashyo qayta ishlashni chuqurlashtirishga, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga ko‘maklashish;
  • ishlab chiqarilayotgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar tannarxini hamda uni pasaytirish imkonini cheklayotgan holatlarni tahlil qilish, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish ishlarini tashkil etish;
  • elektrotexnika sanoati tarmog‘iga, shu jumladan mahsulotlar ishlab chiqarishning texnologik jarayonlariga innovatsion ishlanma va texnologiyalar joriy etilishini ta’minlash;
“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish;

har o‘n besh kunda amalga oshirilayotgan loyihalarning holati va “Yo‘l xaritasi”ning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq 2019-yil 1-iyuldan boshlab:

a) elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning davlat xaridlari, shu jumladan davlat xaridlari strategik sub’ektlari tomonidan amalga oshirilishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan 20 foizgacha narx preferensiyasi qo‘llaniladi;

b) Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ob’ektlarni “tayyor holda topshirish” shartlari asosida qurish yoki rekonstruksiya qilish bo‘yicha tender hujjatlarida pudratchi tomonidan respublikada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar sotib olish nazarda tutiladi;

v) elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalari tomonidan:

o‘zlari ishlab chiqargan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni eksport qilish operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik hosil bo‘lishini hisoblashning yagona muddati bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab 180 kun etib;

o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun texnologik uskunalarni respublikaga olib kirish va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirish yoki import kontraktlari bo‘yicha ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 270 kun etib belgilanadi;

g) kredit summasi va valyuta turidan qat’iy nazar elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalari tomonidan respublikada ishlab chiqarilmaydigan elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun mahalliy tijorat banklaridan olinadigan kreditlarning ekvivalenti 1 mln AQSh dollaridan oshmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida, lekin kredit stavkasining 5 foizlik punktidan oshmagan miqdorda ikki yil mobaynida qoplanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zeltexsanoat” uyushmasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 fevraldagi PQ–2772-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasining Elektrotexnika sanoatini rivojlantirish jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilarni belgilash to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlandi:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlar grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamg‘arma hisob raqamiga 2019—2020-yillarda teng ulushlarda 20 milliard so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazib berilishini ta’minlaydi.

Belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Jamg‘armaga ajratiladigan mablag‘lar quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni moliyalashtirish uchun respublikadagi ilmiy-tadqiqot muassasalariga va elektrotexnikasanoati tarmog‘i korxonalariga grantlar ajratish;
  • elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etish, mahsulotlarni chet el bozorlari talablariga muvofiq sertifikatlashtirish tadbirlari bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini, lekin bitta holat bo‘yicha ekvivalenti 20 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
  • startap-loyihalarini moliyalashtirish, elektrotexnika sanoati tarmog‘ida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarining ustav fondlarini (kapitallarini) shakllantirishda ishtirok etish, maxsus injiniring markazlari va tajriba-konstruktorlik byurolarini tashkil etish;
  • elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish hamda ulardagi tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini yaxshilash;
  • elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarga tender savdolarida ishtirok etish uchun qisqa muddatga moliyaviy kafilliklar berish;
  • elektrotexnika sanoati tarmog‘i korxonalarining xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishi bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizini, lekin bitta holat bo‘yicha ekvivalenti 10 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda qoplash;
  • mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha respublikada va xorijiy davlatlarda ko‘rgazma va yarmarkalar tashkil etish, seminarlar o‘tkazish, taqdimot materiallari va ko‘rgazma stendlarini tayyorlash.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlaydi. Unda 2019–2022 yillarda:
  • tarmoqda misni qayta ishlash hajmini 5 baravar oshirish;
  • elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2 baravar oshirish;
  • elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar eksporti hajmini 4 baravar oshirish;
  • amalga oshirilayotgan va istiqbolli investitsiya loyihalari doirasida kamida 15 ta yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish nazarda tutiladi.
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar 2022-yil 1-yanvarga qadar muddatga belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha o‘zlarining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va asbob-uskunalar bo‘yicha bojxona bojlari to‘lashdan ozod etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda banan narxi oshib bormoqda. Endi meva iste’moli kamayadimi?
Mahalliy
O‘zbekistonning barcha hududlarida 10-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tadi
Dunyo
Sovuq urushni boshlagan Cherchill, Chexiyadagi shifoxonada ommaviy qotillik va Chili diktatori Pinochetning o‘limi. Kun xronologiyasida 10-dekabr