O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 26-may holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorlarda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqand shahrining “Siyob” bozorida qayd etilgan – 41 000 — 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
32 000 so‘mdan 45 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun Buxoro shahri Markaziy dehqon bozorida, Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kilogramm qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Surxondaryoda Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti — 42 000 dan 45 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
12 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Xorazmda Urganch shahar markaziy dehqon bozorida hamda Buxoro shahri Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 12 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Toshkentdagi Mirobod dehqon bozorida kuzatildi – 18 000–20 000 so‘m.
Guruch
4 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Surxondaryoda Termiz shahri Markaziy dehqon bozorida va Samarqand shahar “Siyob” dehqon bozorida qayd etilgan – 4 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Qarshi shahri “Yerqo‘rg‘on” dehqon bozorida kuzatilgan – 8 000 – 15 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7 200 so‘mdan 14 000 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i poytaxtdagi Farhod dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 7 200 so‘mdan 11 500 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 11 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan 4 900 so‘mgacha
Eng arzon un Toshkentning Farhod dehqon bozorida bo‘lib, uning narxi 1 kilogramm uchun 2 200 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun eng arzon narx Toshkentagi Mirobod, Farhod va Qo‘yliq dehqon bozorida qayd etilgan – 1 kilogramm 1-navli un narxi 1 750—3 350 so‘m.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un uchun “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 4 900 so‘m. 1-navli unning kilogrami uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.
Shakar
4 300 so‘mdan 6 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 4 300 – 5 200 so‘m.
1 kilogramm shakar uchun eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 so‘m.
Tuxum
300 so‘mdan 650 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkentdagi Yunusobod dehqon bozorida qayd etildi — 300 so‘mdan 600 so‘mgacha.
1 dona tovuq tuxumi uchun eng qimmat narx Toshkentdagi Chorsu dehqon bozorida kuzatildi — 350 – 650 so‘mgacha.
Kartoshka
1 000 so‘mdan 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Andijonning Yangi shahar bozori va poytaxtdagi “Farhod” dehqon bozorida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 2 200 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, Navoiy shahri “Saxovat“ MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori, Urganch shahar Markaziy dehqon bozori hamda poytaxtdagi “Chorsu” bozorida kuzatildi – 1 200 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
2 500 so‘mdan 11 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Navoiy shahri “Saxovat“ MChJ ga qarashli markaziy dehqon bozori hamda Surxondaryoning Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 2 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa Toshkentning “Mirobod” dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 11 000 so‘m.
Xo‘jalik sovuni
800 so‘mdan 3500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etildi. Ushbu bozorlarda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri, Xorazmning Urganch shahri, Jizzax shahri Markaziy dehqon bozorlarida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘mgacha.
Izoh (0)