Bishkek bozorlarida 4 soat ichida 5 ta OIV virusini yuqtirgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Foto: Facebook / Aybar Sultangaziyev

24-may kuni respublika OITS markazi tashabbusi bilan Qirg‘iziston poytaxtining uchta yirik — O‘sh, O‘rta-Soy va Alamedin bozorlarida OIVga ixtiyoriy test tekshiruvlari o‘tkazildi.

“Testlarning ishonchligi 99,5 foiz. Soat 11.00 da ko‘ngillilar tekshiruvdan o‘tishga da’vat qilish uchun ketdi. 4 soat ichida 300 yaqin kishi testdan o‘tdi. O‘rta-Soy va Alamedin bozorlarida 2 nafardan, O‘sh bozorida 1 nafar fuqaro OIV virusini yuqtirgani haqida xabarlar keldi”, — deb ta’kidladi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Aybar Sultangaziyev.

Ikki kishi suhbatdan o‘tib, shahar OITS markaziga yo‘l olgan.

Foto: Facebook / Aybar Sultangaziyev

“Shok holatidaman. Agar 300 ni 5 ga bo‘lsa, ikki foizdan ozgina kamroq chiqadi. Agar aholining ikki foizida OIV bo‘lsa, to‘laqonli epidemiya, deyarli pandemiya desa ham bo‘ladi”, — deb ta’kidladi ekspert.

Sultangaziyevga ko‘ra, OITS markazi test natijalarini qayta tekshirib chiqardi. Agar ular tasdiqlansa, hukumat sog‘liqni saqlash sohasida ko‘plab dasturalarni qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi.