Bugun, 24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashib, ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish, kadrlar tayyorlash va ularni moddiy, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida suhbatlashdi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat texnika universiteti Mexanika fakulteti 1-bosqich magistranti Behzod To‘xtamurodov ham so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni o‘zi va uch nafar do‘stidan iborat jamoa tomonidan olib borilayotgan tadqiqot ishlari, xususan 3D printer yaratish borasidagi loyihasi bilan tanishtirdi.
Prezident talabaning taqdimoti bilan tanishgach, “Asaka bank” boshqaruv raisi Nodirbek Saydullayevga talabaga o‘z loyihasini yakuniga yetkazish uchun zarur bo‘lgan 1 milliard so‘m mablag‘ni ajratish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
Izoh (0)