“Bavariya”ning ikki futbolchisi — Leon Goretska va Joshua Kimmix “Leypsig”ga qarshi kechadigan Germaniya Kubogi final bahsini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Goretska mushaklaridan jarohat olgan, Kimmix esa oilaviy sabablarga jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya Kubogi final o‘yini 25-may kuni Berlinda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)