Angliya Premyer ligasi klublarining 2018/19-yilgi mavsumdagi daromadlari miqdori ma’lum bo‘ldi. Bu haqda liganing rasmiy saytida e’lon qilindi.
Barcha klublar (20 ta klub) xorij televideniyesidan 43,2 million, Britaniya televideniyesidan esa 34,4 million hamda liga homiylaridan 5 million yevrodan pul mablag‘lari qabul qilib oladi.
Mavsum yakuniga ko‘ra, “Liverpul” 152,4 million funt ishlab topib, jadvalda yetakchilik qildi. undan keyingi o‘rinlarni “Manchester Siti” (150,9) hamda “Chelsi” (146) egalladi.
Mersisaydliklar “shaharliklar”ni TVdagi jonli efirlar hisobiga quvib o‘tdi:
“Liverpul” uchrashuvlari 29 marta, “Manchester Siti” o‘yinlari esa 26 marotaba jonli efirga uzatildi. Shu bilan birga jonli efirlar soni bo‘yicha “Manchester Yunayted” 27 ta bellashuv bilan kuchli uchtalikka kirdi.
Mavsum yakuniga ko‘ra, Premyer ligadan quyi ligaga tushib qolgan “Haddersfild”, “Fulhem” va “Kardiff” klublari 96,6 milliondan 102,7 million yevrogacha ishlab topdi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Premyer liga klublari jami 2,4 milliard funt sterling ishlab topgandi.
APL klublarining 2018/19-yilgi mavsum daromadlari:
- (jadvaldagi o‘rni — 2) “Liverpul” — 152,4 million funt
- (1) “Manchester Siti” — 151 million funt
- “Chelsi” — 146 million funt
- “Tottenhem” — 145,2 million funt
- (6) “Manchester Yunayted» — 142,5 million funt
- (5) “Arsenal” — 142,2 million funt
- (8) “Everton” — 128,6 million funt
- (7) “Vulverhempton” — 127,2 million funt
- “Lester” — 123,3 million funt
- “Vest Hem” — 122,5 million funt
- (13) “Nyukasl” — 120,1 million funt
- “Kristal Pelas” — 114,2 million funt
- (11) “Uotford” — 113,9 million funt
- “Bornmut” — 108,1 million funt
- “Byornli” — 107,3 million funt
- (17) “Brayton” — 105,7 million funt
- (16) “Sauthempton” — 104,3 million funt
- “Kardiff” — 102,7 million funt
- “Fulhem” — 101,9 million funt
- “Haddersfild” — 96,6 million funt
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)