Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Misrning masofadan turib zondlovchi EgyptSat-A sun’iy yo‘ldoshi birinchi bor Yer yuzasini o‘ta yuqori 4K tiniqligida videoga oldi. Bu haqda videotizimni yaratgan Britaniyaning Sen kompaniyasiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Foto: Sen

Foto: Sen

“RKK ‘Energiya’ tomonidan ishlab chiqarilgan sun’iy yo‘ldosh bortida bo‘lgan Sen 4K formatidagi video oqimlarni orbitadan turib uzatish tizimini muvaffaqiyatli namoyish etdi. Bu kosmik apparatdan turib birinchi bor 4K formatida video oqimni uzatish tizimi hisoblanadi”, — deyiladi xabarda.

Tizim oltita videokameradan va kompyuterdan iborat bo‘lib, u kameralarni boshqaradi va ular tomonidan tushirilgan tasvirni qayta ishlaydi. Sen kompaniyasining saytiga joylashtirilgan videoda O‘rta Yer dengizi va Qizil dengizni ko‘rish mumkin.

https://www.facebook.com/sen/videos/1148133178700482/

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda