Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasi vakili o‘zbekistonlik Shohjahon Ergashev (16 ta g‘alaba, 14 ta nokaut) o‘zining faoliyatidagi 17-jangini iyun oyida o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

Foto: BoxNation

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ergashev 9-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvaliga Shohjahon Ergashev 13-aprel kuni ringga chiqishi ma’lum bo‘lgandi. Ammo jang bekor bo‘lgani haqida hech qanday xabar berilmadi va jang o‘tkazilmadi. Keyinroq sportchi 17-may kuni AQShda ringga chiqishini ma’lum qildi va bu jang ham noma’lum sabablarga ko‘ra o‘tkazilmadi.

9-iyun sanasi Shohjahon tomonidan e’lon qilinayotgan uchinchi muddat sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15-fevral kuni amerikalik Maykl Foksni (19 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 5 ta nokaut)  ochkolar hisobiga mag‘lubiyatga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!