20-may, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 6-turida Shota Arveladze qo‘l ostidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi Saudiya Arabistonining Jidda shahrida “Al-Ahli” mehmoni bo‘ladi.
Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start beriladi.
Eslatib o‘tamiz, “sherlar” avvalgi turda Eronning “Persepolis” jamoasini Igor Sergeyevning goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).
Ma’lumot uchun, toshkentliklar musobaqaning “D” guruhida 8 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda.
Ta’kidlash joiz, “Paxtakor” guruhda birinchi o‘rinni egallasa, nimchorak finalda Qatarning “Duhayl”, ikkinchi pog‘onani qo‘lga kiritgan taqdirda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
OChL
6-tur bahsi
20-may, dushanba
“Al-Ahli”—“Paxtakor” 00:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)