Fransiya professional futbolchilar uyushmasi (UNFP) talqiniga ko‘ra, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1’ning eng yaxshi o‘yinchisi deya e’tirof etildi. Bu haqda saytning rasmiy saytida xabar berildi.

Foto: Google Images

Bundan tashqari 20 yoshli fransuz mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb ham topildi. U 28 ta uchrashuvda 32 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Quyida 2018/19-yilgi mavsum uchun boshqa sovrinlar keltirilgan:

Eng yaxshi murabbiy: Kristof Galte (“Lill”)

Eng yaxshi darvozabon: Mayk Menyan (“Lill”)

Eng chiroyli gol muallifi: Loik Remi (“Lill”)

Tugallanayotgan mavsumning ramziy terma jamoasi: Mayk Menyan (“Lill”), Kenni Lala (“Strasburg”), Markinios, Tiago Silva (ikkalasi ham —PSJ), Ferlan Mendi (“Lion”), Marko Verratti (PSJ), Tangi Ndombele (“Lion”), Anhel Di Mariya, Kilian Mbappe, Neymar (hammasi — PSJ), Nikolya Pepe (“Lill”).

Eng yaxshi hakam: Kleman Tyurpen

Boshqa chempionatda to‘p surayotgan eng yaxshi fransiyalik futbolchi: Karim Benzema (“Real”)

Faxriy mukofot: Didye Drogba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!