Bugun, 17-may kuni Belarus harbiylari “Jangovar hamdo‘stlik—2019” hamkorlikdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Belarus armiyasining Harbiy-havo kuchlariga qarashli Il-76md harbiy-transport samolyotida Farg‘ona aeroportiga yetib keldi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
22 nafar Belarus harbiy xizmatchisi polkovnik Oleg Kostromin boshchiligida 20—27-may kunlari Namangan viloyatidagi “G‘urumsaroy” poligonida o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan o‘tkaziladigan hamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashadi.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etilmoqda.
Izoh (0)