• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shohjahon Ergashev: “Men ham Rossiyada muhojir bo‘lib ishlaganman”

    Professional boksda yuqori natijalarni qayd etib kelayotgan Shohjahon Ergashev nafaqat O‘zbekiston, balki xorijlik muxlislar qatori yetuk mutaxassislar nazariga ham tushgan. Ayrim murabbiylar og‘ir zarba egasi, yuqori mahorat sohibi, jismonan va ruhan kuchli bokschi bilan ishlash ilinjida uning janglariga kelgani va hamkorlik taklif qilgani ham rost. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) reytingida 4-o‘rinni egallab, -63,5 kg vazn toifasida jang o‘tkazib kelayotgan farg‘onalik charm qo‘lqop ustasi bilan eksklyuziv suhbat uyushtirdi.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Jangdan oldin o‘zbek milliy liboslarida ringga chiqishingiz kimning g‘oyasi?

    — Havaskor boksdagi ustozim dadam Abdusami Ergashev bo‘ladi. Ular 2015-yilning 23-dekabr kuni Moskvada o‘tkazilgan ilk professional jangimda yonimda bo‘lib, “Sen o‘zbek o‘g‘lisan. Har doim ringga o‘zbek do‘ppisi va choponida chiqishing kerak”, degan gapni qattiq tayinlagan va milliy kiyimlarimizda ringga ko‘tarilganman. Shundan so‘ng bunday kiyimlarda ringga chiqishni odat qildim va bu mening qaysidir ma’noda imijimga aylandi. Aralash yakkakurash musobaqalari jangchisi Habib Nurmagomedov boshidagi kavkaz milliy bosh kiyimi “papaxa”ni ko‘rgan sport ishqibozlari uning Dog‘iston farzandi ekanligini darrov sezishadi. Men ham har gal jang boshlashdan oldin boshimga do‘ppi, egnimga chopon kiyganimda, muxlislarim o‘zbekistonlik ekanligimni bilishini maqsad qilganman. Bu qalbimda milliy g‘urur tuyg‘usini yanada jo‘sh urdirib, menga ikki karra kuch bag‘ishlaydi.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Sport olamini tanlashangizning boisi nima?

    — Padarimning o‘zi bokschi bo‘lganligi bois meni ham kasbiga kichkinaligimdan qiziqtirgan. 6 yoshimda mashina urib yuborganidan so‘ng shifokorlar boks bilan shug‘ullanishimni qat’iy taqiqlashgan. Jarohat og‘irligi va qulog‘imning orqasini tikishgani tufayli hatto meni o‘lib qoladi, deya xavotirga ham tushishgan. Bir necha yil maktabga ham bormay, uy sinfida tahsil oldim. Mening ahvolimni ko‘rgan dadam “Taniqli bokschi bo‘lmasa-da, sport orqali salomatligini mustahkamlasin”, degan fikrda men bilan shug‘ullanishni davom ettirgan. Har kuni oz-ozdan mashg‘ulotlar o‘tkazib, boshimga tushadigan mushtga chap berishni o‘rgatgan. 6-sinfdan esa boks tushishni boshladim.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Ma’lum vaqt futbol bilan ham shug‘ullanganligingiz rostmi?

    — Yuqorida aytganimdek, qishlog‘imizda yuz bergan kuchli avtofalokatdan keyin otam sog‘lom hayot kechirishimni istab, meni turli sport turlariga qiziqtirgan. O‘sha kezlarda boks bilan shug‘ullanish barobarida yuqori darajada futbol ham o‘ynaganman. To‘rt yil davomida Farg‘ona viloyatining turli jamoalarida to‘p surib, O‘zbekiston chempionatining oliy ligasida “Neftchi” jamoasi sharafini himoya qilganman. Hujum chizig‘ida o‘ynaganim uchun oliy liga uchrashuvlarida gol urishga muvaffaq bo‘lganman.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Millionlar o‘yinini nima sababdan tark etgansiz?

    — O‘sha paytlarda fursati kelib, futbol yoki boksni tanlashim shartligini doimo his qilardim. Chunki eng ommaviy hisoblangan bu ikki sport turining talablari bir-biriga umuman zid. Qolaversa, boks borasida ko‘proq tushuncha va sir-asrorlarga egaligim hamda qiziqishim ustunligi sabab shu sport turini tanlashga qaror qilganman. Agar futbolni tanlaganimda ham mendan yaxshigina futbolchi chiqardi.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Havaskor boksda qanday natijalarni qo‘lga kiritgansiz?

    — Professional ringga chiqqunga qadar terma jamoa a’zosi sifatida yuzlab jang o‘tkazib, qariyb barchasini nokaut bilan yutganman. O‘z vaqtida O‘zbekiston chempionatlarida g‘olib chiqqanman. Ammo Osiyo va jahon o‘yinlarida qatnashish nasib qilmagan. Ayrim sabablar bilan 2015-yildan professional boksga o‘tdim. Qanday sabablar tufayli havaskor boksni tark etganimni vaqti-soati yetib, albatta, oshkor qilaman. Profiboksga o‘tganimdan sira afsuslanmayman. Bokschi sifatida nimalarga qodirligimni professional ringlarda sinab ko‘rayotganimdan baxtiyorman.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Birinchi professional jangda qozongan g‘alabangiz evaziga qancha gonorar olgansiz?

    — Boshidagi uchta jangimdan umuman haq olmaganman. U vaqtda bosh maqsadim menga murabbiylik qilgan rossiyalik Sayfullo Po‘latovdan ko‘proq bilmaganlarimni o‘rganish va o‘z nomimni tanitish bo‘lgan. Gonorarni esa to‘rtinchi jangimda olganman.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi qishloqlarning birida tug‘ilib, ulg‘aygansiz. Kun kelib dunyoning AQSh, Rossiya Federatsiyasi singari rivojlangan mamlakatlarida jang o‘tkazib, muxlislar orttirishni tasavvur qilganmisiz?

    — To‘g‘risini aytsam, hech qachon bunday onlarni boshimdan o‘tkazishimni o‘ylamaganman. Barchasiga xalqimizning duosi, Prezidentmizning yaratib berayotgan imkoniyati, e’tibori tufayli erishayapman.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Jahonga mashhur shaharlarda bo‘lganingizda ko‘proq nimalarni his qilasiz?

    — Albatta, Vatan sog‘inchi qiynaydi. Qishlog‘imni, ariqlarda cho‘milib yurgan kunlarimni sog‘inaman. O‘z yurtimda ham karyeramni davom ettirsam bo‘ladi. Ammo professional boksning qaynoq markazi va jahon chempionlik kamarlari Amerikada bo‘lganligi, unga yaqinroq turish uchun okean ortida shug‘ullanaman.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Havaskor boksda bir qator yutuqlarga erishib, el nazariga tushgan bokschilarimizning bir necha nafaridan intervyu olishga qiynaldik. Siz esa taklifimizga bajonidil rozilik bildirdingiz. Hozir amin bo‘lyapmanki, hamon samimiy va odamohunsiz. O‘zingizni yulduz bokschi, deb hisoblamaysiz, nazarimda.

    — Men kechagi kunini unutadigan inson emasman. Professional boksdagi faoliyatimni boshlashdan oldin uch yarim yil Rossiyaning turli hududlarida migrant sifatida ishlab, o‘ziga xos qiyinchiliklarni ko‘rganman. Men ham barcha qatori oddiy odamman. Birovdan ustunlik jihatim yo‘q, deb o‘ylayman. Ko‘cha-ko‘yda ham boks muxlislari tanib qolib, rasmga tushishni taklif qilishsa, yo‘q demayman va bundan benihoya xursand bo‘laman. Negaki, sport muxlislar bilan qiziq. Muxlisi bo‘lmagan bokschi o‘zini sportchi sanamasa kerak. Menimcha, sportda yulduzlik kasaliga uchragan odam rivojlanishdan to‘xtaydi.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Boksdan tashqari yana qaysi sport turlariga qiziqib, kuzatib borasiz?

    — Hanuz futbolning ashaddiy muxlisiman. Vaqt topib, to‘p surib turishga harakat qilaman. Bir paytlar ot sporti bilan ham shug‘ullanib, bir necha karra musobaqalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritganim uchun hozir ba’zan bo‘lsa-da ot minaman. It boqishga ham qiziqaman. Ot hamda itning insonga vafodor do‘st bo‘lishiga qattiq ishonaman va ularga mehrim kuchli.

    Foto: Shohjahon Ergashev

    Foto: Shohjahon Ergashev

    — Bo‘ydoq sportchilar safini qachon tark etasiz?

    — Nasib qilsa, shu yil kuzda oila quraman. To‘yimni yaqinlarim, qarindosh-urug‘ va yor-u birodarlar o‘rtasida shov-shuvsiz, dabdabasiz o‘tkazishni rejalashtirganmiz. Isrofgarchilik, ortiqcha hashamga ketadigan kattagina pulni boshqa savobli ishlar uchun sarflamoqchiman. Bugun qo‘limizda bor mablag‘ ertaga yo‘q bo‘lishi mumkin. Shu bois barchamiz o‘zimizdagi imkoniyatni boshqalarning ham farovon yashashi uchun sarflasak, katta savobga erishamiz. Hozir bu borada bir nechta loyihalarni amalga oshirishga kirishganman. Sentabr oyida bu haqda ko‘pchilikni boxabar qilaman. Ayni paytda sir bo‘la qolsin.

    — Kitob mutolaasiga ishtiyoqingiz qanday? Badiiy adabiyotlar o‘qib turasizmi?

    — Ko‘proq diniy adabiyotlar o‘qishni yoqtiraman. Hozir Shayh hazratlarining “Baxtiyor oila” asarini mutolaa qilayapman.

    — Shahram G‘iyosov ikkingiz o‘rtangizda jang o‘tkazilishi haqida ancha gap-so‘zlar tarqaldi. Ammo bu spektaklga ham o‘xshadi. Jang bo‘lishi aniqmi?

    — Jangga tayyorgarlik boshlangan. Lekin uning qachon o‘tkazilishi ma’lum emas. Hammasini vaqt ko‘rsatadi.

    — Shahram bilan hayotda munosabatlaringiz qanday?

    — Shahramni havaskor boksda yurgan paytlarimdan buyon taniyman. O‘shanda ham bir necha marta ringga tushganmiz. Uning kuchli bokschi ekanligini doimo tan olaman va hurmatim baland. U bosib o‘tgan yo‘l va ko‘rgan mashaqqatlari qadrlashimga asosiy sabab hisoblanadi. Lekin hayotda juda kam ko‘rishamiz.

    — Qachondir tadbirkorlik faoliyatingizni yo‘lga qo‘yishingiz mumkinmi?

    — Kindik qonim to‘kilgan qishlog‘imda tadbirkorlik ishlarini boshlash arafasidaman. O‘zim loy ko‘chalarda o‘ynab, ulg‘ayganim uchun shahardan ko‘ra qishloqlarni rivojlantirish va chekka hududlardagi yurtdoshlarimiz hayoti farvonlashishiga hissa qo‘shishni niyat qilganman.

    — Qaysi jang siz uchun og‘ir kechgan?

    — Har bitta jangda osonlikcha kurashib bo‘lmaydi. O‘tgan yili xitoylik 32 yoshli Jimin Vang bilan o‘tkazgan 10 raundlik jangni 7-raundida yelkam sinib ketgan. Bir qo‘lim bilan 3 raundni bir amallab tugatib, g‘olib bo‘lishga erishganman. Shu jang boshqalariga nisbatan og‘ir o‘tgan.

    — Samimiy suhbatingiz uchun katta rahmat. Hamisha g‘alabalar nashidasini surib, xalqimiz e’tibori-yu e’tirofiga sazovor bo‘lib yuring!

    — Sizlarga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman!

    16.05.2019, 23:48   Izoh (0)   86245
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda ichimlik suvining beshdan bir qismi iste’molchiga yetib bormasligi ma’lum bo‘ldi

    16.05.2019, 22:20

    Standart and Poor’s Toshkent viloyatining reyting ko‘rsatkichini ijobiy baholadi

    16.05.2019, 21:54

    Prezidentning Andijonga tashrifi, O‘zbekistonda paydo bo‘ladigan Renault avtomobillari, Eyfel minorasining 130 yilligi va kunning boshqa xabarlari

    16.05.2019, 21:41

    17-may kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi

    16.05.2019, 20:10

    Buxoroda odam savdosi jinoyati bilan ayblanib, 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosini olgan ayol jazodan ozod qilindi

    16.05.2019, 19:10

    Samarqandda avtobus va Spark to‘qnashib ketdi, bir necha kishi jarohatlandi (foto)

    16.05.2019, 19:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.