So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Koreya tajribasi O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirishni jadallashtiradi

    16.05.2019, 19:31 9860

    Shu kunlarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya Koreya Respublikasida bo‘lib turibdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad sog‘liqni saqlash tizimi va farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashdan iborat. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi “Daryo”ga xabar berdi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Tashrif doirasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga katta turtki bo‘lganini ta’kidladi. O‘zbekistondagi farmatsevtika sanoatining investitsion jozibador jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, investorlar uchun qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar yaratish, xususan, mamlakatdagi farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari hududida mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi qayd etildi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Shuningdek, uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi investitsiyaviy loyihalarga e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekistonda rentgen apparatlarini ishlab chiqaradigan “Listem-Fergana” MChJ qo‘shma korxonasi tashkil etildi. Shuningdek, Koreya Respublikasining “Dalim Biotech” va “Yuhan” kompaniyalari bilan hamkorlikda dori-darmon mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi loyihalar ham muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani e’tirof etildi.

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

    Bundan tashqari, tomonlar Koreya Respublikasining dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun DUR (DrugUseRecord) markalash tizimi tajribasi bilan tanishdi. Ushbu tizimning noyobligi shundaki, uning yordamida mahsulotning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha yetib borish jarayoni kuzatib boriladi. Shuningdek, Koreya Respublikasining tibbiy sug‘urta va E-Health elektron sog‘liqni saqlash tizimi tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

    Muzokaralar yakunida ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirlari tibbiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Koreya Respublikasining farmatsevtika va biofarmatsevtika ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatlar farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va sohaga investitsiyalarni keng jalb etish, ishlab chiqarish va ilmiy-tadqiqot markazlarini O‘zbekistonda tashkil qilish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga asos bo‘ladi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putinning 90-yillardagi ta’tilidan arxiv kadr namoyish qilindi (video)

    Kecha, 23:55

    Zelenskiyning qo‘riqchisi Nyu-Yorkda mushtlashdi — OAV (video)

    Kecha, 23:35

    “Rossiya-Belarus rejasi o‘xshamadi”: Polsha Belarusni chegarani buzib o‘tishga urinishda aybladi (video)

    Kecha, 23:25

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    Kecha, 22:43

    APL. “Arsenal” London derbisida “Tottenhem” bilan durang o‘ynadi, “Liverpul” ishonchli g‘alabaga erishdi, “Chelsi” o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Kecha, 22:30

    Instagram: Luiza Rasulova Istanbuldan uy oldi, Yulduz Usmonovaning mum haykali ochildi, Rayhonning “Humo arena”dagi konserti qoldirildi

    Kecha, 22:25

    Qirg‘izistonda pensiya jamg‘armalari oltinga investitsiya qilinishi mumkin

    Kecha, 22:18

    Superliga. “Bunyodkor” safarda “Nasaf”ni mag‘lub etdi, “Paxtakor” “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Kecha, 22:01

    Pokistonga xavfsizlik masalalarida yordam bera olamiz — “Tolibon”

    Kecha, 21:20

    Kosovoda qurollangan “professionallar” politsiyachilarga hujum qildi

    Kecha, 20:20

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Rekord o‘rnatgan ayollar, oq tovuqlar so‘yiladigan marosim, 213 yilligini nishonlayotgan davlat — hafta suratlari

    22:00 / 24.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonda 25-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘ladi?

    10:00 / 24.09.2023

    Toshkentda poyezd ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni tok urdi

    09:00 / 24.09.2023

    Central Asian University (sobiq Akfa) universitetida mojaro yuz berdi

    09:00 / 24.09.2023

    “Bolalar haqqiga qilinayotgan xiyonat”. Samarqanddagi bog‘chada bolalar ovqatidan go‘sht kam chiqqani aks etgan video bo‘yicha munosabat bildirildi

    11:00 / 24.09.2023

    “Putin atrofidagilar bosib olingan hududlardan qo‘shinlarni olib chiqishni o‘ylamoqda” — siyosatchi

    19:00 / 24.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?