Dunyodagi ilk 1 Terabayt xotira sig‘imiga ega microSD savdoga chiqarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Uni AQShning SanDisk kompaniyasi chiqardi. Aynan uning internet-do‘konlarida xotira kartasini sotib olish mumkin. Xabarda aytilishicha, unga Extreme microSD nomi berildi va bahosi 449,99 dollar deb belgilandi.

Kartaning o‘qish tezligi 160 Mb/s ni tashkil etadi va ma’lumotlar 90 Mb/s tezlikda saqlanadi.

SanDisk kompaniyasi 2000-yilda ilk bor 64 Gb xotira sig‘imiga ega fleshkalarni savdoga chiqargan edi. 2014-yilda 512 Gb sig‘imli SD kartani taqdim etgan.