Toshkentda “Fayzobod” avtodromidagi yo‘l qatlamini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda IIBB mabuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: IIBB mabuot xizmati

Mirobod tumani, Fayzobod ko‘chasi, 43-uy manzilida joylashgan va Bektemir, Yashnobod, Shayxontohur tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi Toshkent shahar IIBB YHXB Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi binosi 1978-yili qurilgan.

Foto: IIBB mabuot xizmati

Bugungi kunda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo‘lmagan ushbu bino va avtodromni to‘liq ta’mirdan o‘tkazish zarurati yuzaga kelgan.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB rahbariyati respublika IIVga xodimlar va bo‘lajak haydovchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida yangi bino qurilishi va avtodromni ta’mirdan o‘tkazishga mablag‘ ajratishni so‘rab murojaat qilgan.

Foto: IIBB mabuot xizmati

Murojaat ko‘rib chiqilgunga qadar, vaqtinchalik chora sifatida YHXB xodimlari tomonidan “Fayzobod” mashq maydoni hududidagi yo‘l qatlamini ma’lum qismini ta’mirdan o‘tkazish chorasi ko‘rildi.