• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda band bo‘lmagan aholi yangi kasblarni egallaydi

    O‘zbekistonda band bo‘lmagan aholi yangi kasblarni egallaydi, buning uchun DXSh shartlarida kasbga o‘qitish markazlari tashkil etiladi, bu Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 394-son qarorida nazarda tutilgan. Bu haqda Norma xabar berdi. 

    Foto: Arxiv

    Foto: Arxiv

    Kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi (bundan keyin – Milliy tizim) joriy etiladi. Unda quyidagilar nazarda tutiladi:

    • kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun, shuningdek, mehnat bozoridagi real ehtiyojni hisobga olgan holda, DXSh shartlari asosida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
    • kasbga o‘qitish nodavlat markazlarida (bundan keyin – kasbga o‘qitish markazlari) band bo‘lmagan aholi, ayniqsa, yoshlarni kasbga o‘qitishni tashkil etish;
    • bilim va ko‘nikmalarni baholash nodavlat markazlari (bundan keyin – bilim va ko‘nikmalarni baholash markazlari) faoliyatini tashkil qilish;
    • Mehnat vazirligi tomonidan bozor talablarini hisobga olgan holda, band bo‘lmagan aholini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kasbga o‘qitish markazlari va boshqa ta’lim muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida kasbga o‘qitish uchun davlat buyurtmasini har yili joylashtirish;
    • bilim va ko‘nikmalarni baholash markazlari tomonidan muayyan mutaxassislik (kasb) bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikma darajasini tasdiqlaydigan hamda Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatoriga muvofiq ishchilar kasblari malaka razryadlarini berish uchun asos hisoblanadigan malaka sertifikatlarini berish amaliyotini joriy etish;
    • o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchilarning malaka darajasini izchil oshirib borish mexanizmini joriy qilish;
    • o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar lavozimlarining kasb standartlarini ishlab chiqish, qo‘llash va yangilab borish mexanizmini joriy qilish.
    2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida yirik korxonalar va klasterlar uchun talab yuqori bo‘lgan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar va ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni DXSh shartlari asosida tayyorlash tartibi eksperiment sifatida joriy qilinadi. Buning uchun maxsus Ishchi guruh tuziladi, uning vazifalari:
    • yirik korxonalar va klasterlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, mutaxassislarga bo‘lgan real ehtiyojni o‘rganish;
    • ushbu rahbarlarga DXSh shartlari asosida mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishda tomonlarning ustuvorliklari, huquqlari va majburiyatlarini tushuntirish;
    • binolari hamda inshootlari kasbga o‘qitish va baholash markazlarini tashkil etish uchun xususiy investorlarga berilishi mumkin bo‘lgan kasb-hunar kollejlarini aniqlash.
    O‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlash muddati – 2 yilgacha, ishchi kasblar bo‘yicha kadrlarni tayyorlash muddati – 9 oygacha.

    Kasbga o‘qitish markazlari va baholash markazlarini tashkil etishda ishtirok etayotgan investorlarga quyidagi turdagi davlat yordami ko‘rsatilishi mumkin:

    • yer uchastkalarini bepul ajratish;
    • yuklama darajasi past bo‘lgan yoki rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash yoki qayta jihozlashni talab qiladigan kasb-hunar kollejlari binolari va inshootlarini ijaraga berish;
    • foydalanilmay turgan binolar va inshootlarni investorlarga ijara haqining “nol” stavkasi bo‘yicha berish;
    • band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish markazlarida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan o‘qitish uchun davlat buyurtmasining kafolatlangan eng kam darajasini belgilash.
    Markazlarni tashkil etish loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvlarga muvofiq investorlarga berilgan yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni bandlik va mehnat munosabatlari vaziri bilan kelishmasdan olib qo‘yish taqiqlanadi.

    Mehnat vazirligi huzurida Kasbiy malakalarni rivojlantirish respublika kengashi, davlat boshqaruvi organlari huzurida kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari tashkil etiladi. Respublika kengashining asosiy vazifalari:

    • markazlarda, jumladan, vaqti-vaqti bilan va tanlov asosida tekshiruvlar hamda o‘rganishlar tashkil etish orqali kasbga o‘qitishni, kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarni baholash va berish jarayonining sifatini nazorat qilish;
    • Mehnat vazirligi tomonidan kasbga o‘qitish markazlari va baholash markazlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar berish;
    • xalqaro standartlar va ilg‘or xorijiy tajriba hisobga olingan holda, Milliy tizimni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.
    Tarmoq kengashlarining vazifasi – kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholash hamda berish imkonini beradigan aniq mutaxassisliklar (kasblar) bo‘yicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish.

    Toshkentning Yashnobod tumanida eksperiment tarzida tashkil etilayotgan band bo‘lmagan aholiga xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Ishga marhamat” monomarkazi negizida World Skills (maqsadi ishchi kasblarning nufuzini oshirish va ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘lgan xalqaro notijorat harakati) metodologiyasiga muvofiq DXSh shartlari asosida kasbiy bilim va ko‘nikmalarni baholash tizimi joriy etiladi.

    Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2019-yil 14-maydan kuchga kirdi.

     

    15.05.2019, 18:31   Izoh (0)   27327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Prezidenti Rossiyaning “LUKOYL” kompaniyasi rahbarini qabul qildi

    15.05.2019, 18:18

    IIBB: Toshkentda 3801 nafar shaxs haligacha biometrik pasport olmagani aniqlandi

    15.05.2019, 18:05

    Rahim Rajabov: Xalqni gadoy qilish evaziga kelgan hashamat kimga kerak? (video)

    15.05.2019, 17:49

    Bosh prokuratura uyini AQSh dollarida sotayotgan fuqarolar ushlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

    15.05.2019, 17:33

    Rahim Rajabov: O‘zbekiston oltinlari Angliya, Shveysariya va hatto Amerika banklarida ham bor

    15.05.2019, 17:04

    Toshkentda neft-gaz sohasi bo‘yicha xalqaro konferensiya va ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

    15.05.2019, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.