Kiyevning Obolonskiy tuman sudi Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni ma’muriy qonunbuzarlik haqidagi ish bo‘yicha aybdor deb topdi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Zelenskiyga soliqqa tortilmagan 50 minimal, ya’ni 850 grivna (32,4 dollar) jarima solindi.
Zelenskiy 13-may, dushanba kuni soat 12:45 ga belgilangan Kiyev sudidagi yig‘ilishga kelmagan edi.
Saylov kuni Zelenskiy jurnalistlarga o‘z saylov byulletenini namoyish qilgan. Unga ko‘ra Zelenskiy o‘zi uchun ovoz berganini ma’lum bo‘ldi. Kiyev politsiyasi o‘shanda xabar berishicha, Zelenskiyning xatti-harakati Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi Ukraina Kodeksining 212-10-moddasida ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)