11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 36-turi doirasida 6 ta uchrashuv yakunlandi.
Muddatidan avval mamlakat chempioniga aylangan Parijning PSJ klubi “Anje” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida parijliklar hujumchisi Neymar raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 58-daqiqaga kelib argentinalik yarim himoyachi Anhel di Mariya jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi (2:0). 87-daqiqada esa mezbon jamoa a’zosi Flavyen Tait hisobni qisqartirdi (2:1).
Shu tariqa PSJ mehmonda kechgan bahsda “Anje”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Qayd etish joiz, bellashuvning 85-daqiqasida PSJ himoyachisi Markinyos qizil kartochka bilan jazolandi va jamoa o‘yin yakuniga qadar maydonda 10 kishi bo‘lib harakat qildi.
Liga 1
36-tur bahslari
11-may, shanba
“Anje”—PSJ 1:2
Gollar: 0:1 — 20 Neymar, 0:2 — 58 Di Mariya, 1:2 — 87 Tait“Amyen”—“Tuluza” 0:0
“Kan”—“Reyms” 3:2
Gollar: 1:0 — 14 Ninga, 1:1 — 37 Dumbiya, 2:1 — 40 Fajr, 3:1 — 45 Gilbert, 3:2 — 82, penalti, Zeneli“Dijon”—“Strasburg” 2:1
Gollar: 1:0 — 40, penalti, Tavares, 1:1 — 68 Ayork, 2:1 — 90 Chang-Hun Kvon“Nitssa”—“Nant” 1:1
Gollar: 0:1 — 29 Mutussami, 1:1 — 55 Sarr“Nim”—“Monako” 1:0
Gol: 1:0 — 9 RiparYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)