Indoneziyada vafot etgan saylov komissiyalari a’zolari soni 496 kishiga yetdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
To‘rtta provinsiyada saylov komissiyalari a’zolarining eng ko‘p tarqalgan o‘lim sababi bosh miya insulti yoki yurak infarktidir.
Ish vaqtida qattiq toliqish, madori qurishi oqibatida vafot etgan saylov komissiyasi a’zolarining ko‘pchiligi 50 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan.
Guvohlarning aytishicha, ularning ko‘pchiligi qattiq ishlashi, soatlab ovozlarni sanashi oqibatida o‘lgan. G‘arbiy Yava hududida eng ko‘p — 131 o‘lim hollari qayd etilgan.
Indoneziya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘rt provinsiya — Jakarta, G‘arbiy Yava, Riyau va Janubi-sharqiy Sulavesi saylov komissiyalari a’zolari orasida eng ko‘p uchragan o‘lim sabablari insult va infarkt bilan qayd etilgan.
Bundan tashqari, saylovchilar orasida esa yurak-qon tomiri va nafas olish yetishmovchiligi, sepsis, astma, shuningdek, baxtsiz hodisa natijasida halok bo‘lish hollari uchragan.
Izoh (0)